Peter Shmeyxel: Hakam jahon chempionati finalini o‘g‘irladi
Daniya futboli afsonasi hisoblangan Peter Shmeyxel kecha JCh-2018 finalida Frantsiya – Xorvatiya (4:2) bahsini boshqargan argentinalik hakam Nestor Pitanani jiddiy tanqid ostiga oldi.
“Jahon chempionati finali – juda muhim holat, lekin hakam uni o‘g‘irladi. Bu xorvatlarni osmondan erga tushirib qo‘ydi. Shundan so‘ng ularning o‘tgan 3ta o‘yinda ko‘rsatgan g‘ayrati va qo‘shimcha quvvati darhol yo‘qoldi. Bu final bunga loyiq emas edi. Men Xorvatiyaga muxlislar ko‘nglini xushnud etgan jamoa nominatsiyasi bo‘yicha sovrinni bergan bo‘lardim. Aynan ular bizni ilhomlantirib, mehnat bilan natijaga erishish mumkinligini isbotlashdi”, - deydi Shmeyxel.
Eslatib o‘tamiz, kechagi bahsni boshqarib borgan argentinalik hakam Pitana bahsli vaziyatda penalti belgiladi va yakundu ushbu penalti o‘yin taqdirini hal qildi.
Fikrlar