Petra Martich uchinchi davrada kim bilan o‘ynaydi?

Xorvatiyalik Petra Martich "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi musobaqaning ikkinchi davrasidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.

Petra mazkur bosqichda chexiyalik Marketa Vondroushovani 6:4, 7:5 hisobida engib "Australian Open" musobaqasining uchinchi davrasiga yo‘l oldi.

Endi Martich Melburn shahridagi navbatdagi uchrashuvini amerikalik dunyoning beshinchi raqamli tennischisi Sloan Stivensga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!