Pikford ilk marta Angliya terma jamoasidan chaqiruv oldi, Runi esa yana tarkibda yo‘q

  • 30 sentabr, 2017, 13:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt JCh-2018 saralashi doirasida bo‘lib o‘tadigan Sloveniya (5 oktyabr) hamda Litva (8 oktyabr) terma jamoalariga qarshi uchrashuvlar uchun tarkibni e’lon qildi.

Unga ko‘ra terma jamoa tarkibiga quyidagi futbolchilar jalb etildi:

Darvozabonlar: Jo Xart («Vest Xem»), Freyzer Forster («Sautgempton»), Jordan Pikford («Everton»), Jek Batlend («Stok Siti»).

Himoyachilar: Rayan Bertran («Sautgempton»), Jon Stounz, Kayl Uoker (ikkalasi «Manchester Siti»), Gari Kexill («Chelsi»), Fil Jons, Kris Smolling (ikkalasi «Manchester Yunayted»), Xarri Maguayr («Lester»), Maykl Kin («Everton»), Kiran Tripper («Tottenxem»), Aaron Kressuell («Vest Xem»).

Yarim himoyachilar: Erik Dayer, Dele Alli (ikkalasi «Tottenxem»), Jordan Xenderson, Aleks Oksleyd-Chemberlen ikkalasi «Liverpul»), Jek Livermor («Vest Bromvich»), Jessi Lingard («Manchester Yunayted»), Fabian Delf, raxim Sterling (ikkalasi «Manchester Siti»).

Hujumchilar: Xarri Keyn («Tottenxem»), Markus Reshford («Manchester Yunayted»), Deniel Starrij («Liverpul»), Jermeyn Defo («Bornmut»).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!