
Pochettino uchun kurashga "Chelsi" ham qo‘shildi
Londonning "Chelsi" klubi hamshahari "Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Daily Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar argentinalik mutaxassis “shporlar” safini tark etidigan bo‘lsa, “aristokratlar” birinchilardan bo‘lib unga taklif bildirishga tayyor. Boisi, ayni damda “Chelsi” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Mauritsio Sarrining faoliyatidan qoniqish xosil qilishmayapti. Bordiyu italiyalik mutaxassis mavsum yakunida EChL yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, o‘z lavozimidan ozod etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Pochettino uchun shuningdek "Real" va "Manchester Yunayted" kabi jamoalar ham kurash olib borishmoqda.
Ma’lumot uchun, 46 yoshli Pochettino 2014 yildan buyon “Tottenxem”ni boshqarib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar