Pogba: Finalda haqiqiy jang bo‘ladi

  • 12 iyul, 2018, 16:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba Xorvatiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan JCh-2018 finali oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Xorvatlar Angliyaga qarshi juda og‘ir o‘yin o‘tkazishdi. Ular 1:0 hisobida imkoniyatni boy bera turishib, yakunda g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dira olishdi. Finalda favorit bo‘lmaydi. Ikkita jamoa va bitta kubok bo‘ladi. Shu bois har ikkala jamoa ham faqat g‘alaba uchun kurashadi. Bu juda og‘ir o‘yin bo‘ladi. Finalda eng zo‘r futbolchilar o‘ynashadi. Maydonda haqiqiy jang bo‘ladi”, - deydi Pogba.

Eslatib o‘tamiz, Frantsiya – Xorvatiya bahsi 15 iyul kuni Moskvadagi “Lujniki” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!