Pogba Mourino bilan agenti orqali gaplashishni istamoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Pol Pogba yozgi transferlar mavsumida jamoani tark etishi mumkin.

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchi jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino bilan munosabatlari yaxshi emas. “Lester”ga (2:1)  qarshi kechgan bahsda Pogba sardorlik bog‘ichini taqib, penaltidan gol urgan va murabbiyga: “Mening ayta oladigan narsalarim bor. Shuningdek, jarimaga tortilmaslik uchun ayta olmaydigan gaplarim bor”, deb aytgan.

Mourino unga shunday javob bergan: “Agar sen yana MYudan ketishni istasang, bu senga kerak bo‘lsa, transfer haqida so‘rashing kerak”.

Hozir Pogba Mourino bilan faqatgina agenti Mino Rayola orqali gaplashishni istamoqda.

Avvalroq OAV Frantsiya terma jamoasi futbolchisi xizmatlariga “Barselona” qiziqish bildirayotganligi aytilgan edi, ammo ispan klubi ikkilanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!