Pogba o‘z kelajagi borasida bir qarorga keldi
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba o‘z kelajagi borasida bir qarorga keldi.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli frantsiyalik futbolchi yana “Yuventus”ga qaytishni istamoqda. Bu borada uning agenti Mino Rayola tez orada mankuanliklar rahbariyati bilan, shuningdek, “keksa sinora” vakillari bilan ham uchrashib, mijozining istagi borasidagi ishlarni amalga oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, Pogba MYu safiga 2016 yil aynan “Yuventus” safida kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar