"Portu" rekord o‘rnatdi

  • 31.12.2018 09:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Portu” Portugaliya liga kubogi guruh bosqichida “Belenensesh”ni (2:1) engdi va final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Klub rasmiy saytining xabar berishicha “ajdarlar” shu tariqa ketma-ket 16ta o‘yinda g‘olib chiqishdi. Bu esa klubning yangi shaxsiy rekordi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, “Portu” so‘nggi bor 7 oktyabr kuni Portugaliya chempionati doirasida “Benfika”ga (0:1) imkoniyatni boy bergan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!