Professional bokschimiz 5 may kuni engilmas bokschiga qarshi ringga chiqadi

  • 09.04.2018 10:08
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy yilning may oyida Janubiy Koreyaning Pusan shahrida professional boks kechasi tashkil qilinadi. Unda o‘zbekistonlik Eldorbek Saidov ham ishtirok etadi.

5 may kuniga belgilangan to‘qnashuvda hamyurtimizga koreyalik engilmas bokschi In Duk Seo raqiblik qiladi. Bu bokschi professional ringda 11 marta jang o‘tkazib, 9 g‘alaba (6 nokaut) va 2 durang qayd etgan.

Eldorbek Saidov esa shu vaqtga qadar professional 8 ta jang o‘tkazib, 4 g‘alaba (3 nokaut), 3 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!