
Putin Rossiya terma jamoasini Kaliningradga nega chaqirdi?
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin JCh-2018dagi ishtirok yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishga Rossiya terma jamoasi futbolchilari va murabbiylar shtabini Kaliningradga taklif qildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Putin ularni jahon chempionati ishtiroki yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishga taklif qildi. Biroq, uning terma jamoa a’zolarini mukofotlashi borasida hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q”, - deydi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi JCh-2018ning chorak finalida Xorvatiyaga penaltilar seriyasiga ko‘ra imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
Fikrlar