Pyanich jarohat oldi
Turinning "Yuventus" klubi hamda Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi yarim himoyachisi Miralem Pyanich jarohat oldi.
“Men Pyanichni almashtirishga majbur bo‘ldim, chunki u jarohat olgan edi. Biz hali unga nima bo‘lganini bilishimiz kerak”, - deydi terma jamoa bosh murabbiyi Robert Prosinechki.
Eslatib o‘tamiz, Bosniya va Gertsegovina kecha UEFA Millatlar ligasi doirasida safarda Shimoliy Irlandiyani 1:2 hisobida engdi.
Fikrlar