Qimmatbaho darvozabonlar

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun biz sizlarni futbol tarixidagi qimmatbaho darvozabonlar bilan tanishtiramiz.

>>Qatar terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar

>>O‘zbekiston – Qatar uchrashuviga oid faktlar va statistikalar

>>So‘nggi daqiqalar talvasasi

 

9-10. Mark-Andre ter Shtegen(Germaniya) – 12 mln evro

2014 yil “Borussiya Myuxnengladbax”dan 12 mln evro evaziga harid qilingan ter Shtegen dastlabki ikki mavsum faqat kubok o‘yinlarida maydonga tushishiga to‘g‘ri keldi. Raqobatda Klaudio Bravoga bas kela olmagan germaniyalik posbon chililik hamkasbi jamoani tark etgachgina asosiy tarkibdan joy ola bildi.

>>Gol urishni “Chicharito”dan o‘rganing yoxud Meksika termasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar

9-10. Klaudio Bravo(Chili) – 12

Aynan o‘sha yili “Barsa”ga Bravo ham kelib qo‘shilgan edi. Ikki mavsum “Kamp Nou”da to‘p surgan Bravo uchun “blaugranaslar” “Real Sosedat”ga 12 mln evro berishgan edi.

8. Freyzer Foster(Angliya) – 12,5

Umuman olganda 2014 yilda darvozabonlarni katta summa evaziga sotib olish xollari ko‘p bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Ayni o‘sha yili “Sautgempton” Foster uchun “Seltik”ka 12,5 mln evro to‘lagan edi.

7. Petr Chex(Chexiya) – 13,9

11 yil “Chelsi”da to‘p surgan Chexni Kurtua zahiraga “mixlab” qo‘ydi. Zahirada o‘tirishga o‘rganmagan chexiyalik tajribali posbon “Arsenal”ga o‘tdi-qo‘ydi. Albatta anchagina katta summa evaziga – 13,9 mln evro.

6. Yan Oblak(Sloveniya) – 16

Oblak esa aynan Kurtuaning o‘rniga “Atletiko”ga taklif etilgan edi. Qizig‘i, “Benfika”da bor-yo‘g‘i bir mavsum o‘ynagan sloveniyalik posbon uchun anchagina ziqna bo‘lgan “Atletiko” 16 mln evroni “qo‘rqmay” sarf etadi.

5. Andjelo Perutstsi(Italiya) – 17,8

2000 yillar avvalida APL jamoalari A Seriya klublariga havas bilan boqishar edi. Boisi, katta transferlar aynan ushbu ligada amalga oshirilar edi. Jumladan yangi asr boshida “Latsio” Perutstsini salkam 18 mln evroga sotib olgan edi.

4. Klaudio Bravo(Chili) – 18

Bravo bizning ro‘yhatimizdan ikki bora joy olgan yagona kiper sanaladi. Ammo Klaudioning APLga kelishi, uning uchun omadli bo‘ldi deyish fikridan yiroqmiz. Boisi, uning qo‘pol va kulgili xatolari sabab, “Manchester Siti” ancha-muncha ochkolarni boy berib ulgurdi. 18 mln evrolik darvozabon esa ayni damda zahira o‘rindig‘ida o‘tirish bilan “band”. To‘g‘ri, kubok o‘yinlari bundan mustasno.

3. David De Xea(Ispaniya) – 22

2011 yil “Atletiko”dan Fergyusonning talabi bilan 22 mln evroga harid qilingan De Xea haligacha “mankunianlar” safida to‘p surib kelmoqda. O‘tgan mavsum “Real” uni qo‘lga kirita bilganida, ispaniyalik posbonning o‘rni yanada yuqorida bo‘larmidi…

2. Manuel Noyer(Germaniya) – 24

Ayni o‘sha yili esa “Bavariya” o‘z odatiga ko‘ra(asosiy raqiblardan futbolchi sotib olish), “Shalke-04”dan Noyerni harid qiladi. Albatta, gelzenkirxenliklar Manuelning transferidan yaxshigina daromad ko‘rganliklari rost – 24 mln evro.

1. Janluidji Buffon – 52

Bu transfer amalga oshganiga 15 yildan oshgan bo‘lsada, ushbu rekordni yangilashga hech kimning yurgai dov berayotgani yo‘q. To‘g‘rida, 50 mlnga darvozabon oladimi, ahir?

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!