
Qishki transferlar davrida "Real"ni 2 nafar etakchi tark etadi
Madridning “Real” klubi darvozaboni Keylor Navas hamda yarim himoyachi Isko yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davridayoq jamoadan ketishga juda yaqin turishibdi.
Le 10 Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra har ikkala futbolchi ham “qirollik klubi”da etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani sabab boshqa jamoaga o‘tib ketishmoqchi.
Eslatib o‘tish lozimki, Navas jamoaga Tibo Kurtua kelgach zaxiraga o‘tirib qoldi, Isko esa bosh murabbiyi Santyago Solari bilan kelisha olmayapti.
Ma’lumot uchun, Navas joriy mavsum “Real” safida jami 8ta o‘yinda maydonga tushdi va shularning 3tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Isko esa 18ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar