Qo‘lni ko‘taring janob Kuper!

  • 22.01.2019 22:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 36
  • Futbol

Terma jamoamiz Osiyo kubogida kutilgan o‘yinlarni ko‘rsata olmadi. Natija uchun esa birinchi raqamli aybdor murabbiy hisoblanadi. Demak, terma jamoamizning muvaffaqiyatsizliklarida yagona aybdor bu shubhasiz Ektor Kuper.

ÐаÑÑинки по запÑоÑÑ ÑкÑÐ¾Ñ ÐºÑÐ¿ÐµÑ sports.uz

2018 yil 6 avgust. Ektor Kuper ishtirokidagi ilk matbuot anjumani.

KUPER SO‘ZINING USTIDAN ChIQDI

Jurnalist: O‘yin falsafangiz qanaqa: futbolchilarga qarab taktika tanlaysizmi, yoki o‘yin uslubingizni futbolchilarga singdirasizmi?

Kuper: Oldinroq aytib o‘tganimdek, bu adaptatsiya jarayoniga bog‘liq. Agar futbolchilar mening falsafamga munosib bo‘la olishmasa ularga ko‘nikishga majburman.

Ha, janob Kuper o‘z so‘zida turdi va futbolchilarimizning o‘yin uslubiga ko‘nikdi. Soddaroq qilib aytsak uni ham “o‘zbekchalashtirib” yubordik. Aslida esa bizga o‘yinimizni yaxshi tomonga o‘zgartiradigan, o‘z uslubi va g‘oyalariga ega murabbiy kerak edi.

Nazarimda o‘yin uslubimiz hali ham Babayan davridagidek: yagona hujumchi, qolgan barcha himoyada. Omadimiz kelib raqib xato qilsa undan foydalanishimiz mumkin, aks holda qanday natija qayd etishimiz aniq.  Biroq, Kuperga Sergeev va Lobanovlarni termaga chaqirmagani uchun alohida rahmat aytsak arziydi. Ha, faqat o‘sha futbolchilarni chaqirmagani uchun minnatdorchilik bildiramiz, boshqasiga emas.

4431547736200.jpg

KUPER YoLG‘ONChI

Jurnalist: Yanvar oyida Osiyo Kubogi bo‘ladi. terma jamoamizdan yaxshi natija kutishimiz mumkinmi?

Kuper:  Hozir futbolchilar bilan tanishish jarayoni boshlandi. Albatta katta maqsad va ishonch bor. O‘zbekiston terma jamoasi bilan ko‘zlangan maqsadga erisha olishimga ishonganim uchun ham bu chorlovni qabul qildim. Aks holda bu erga kelmasdim.

Argentinalik mutaxassis hali ham futbolchilarimiz bilan tanishib ulgurmadimi? Yoki yarim yil oz muddatmi? Kuper ilk matbuot anjumanida gapirgan gaplarini eslarmikin? O‘rtoqlik o‘yinlaridagi sharmandali mag‘lubiyatlarga chidagandik, lekin...Lekin, Osiyo kubogidagi nursiz o‘yinlar toqatimizni toq qilgani rost.

Kuperning O‘zbekistondagi maqsadi faqatgina mo‘may daromad qilish ko‘rinadi. Bu erda boshqa narsani ko‘rmayapman.

ÐоÑожее изобÑажение

QO‘LNI KO‘TARING JANOB KUPER!

Kuper: Men natija yaxshi bo‘lavermasa ham ishlaydigan murabbiy emasman. Agar natija o‘xshamasa, unda o‘zim rahbariyatga qo‘l beraman va uyga ketaman. Muammo yo‘q.

Ayni damda butun O‘zbekiston xalqining orzu-umidlarini barbod qilganingizni bilasizmi janob Kuper? Agar zarracha buni his qilayotgan bo‘lsangiz o‘zingiz aytgandek qo‘lni ko‘tarib uyga jo‘nang!

ÐаÑÑинки по запÑоÑÑ ÑкÑÐ¾Ñ ÐºÑÐ¿ÐµÑ sports.uz

U TERMA JAMOAMIZNI MUNDIALGA OLIB ChIQIShGA VA’DA BERMAGAN

Jurnalist: Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga va’da bera olasizmi?

Kuper: Futbolda barcha narsa bo‘lishi mumkin. Lekin men O‘zbekiston terma jamoasini mundialga olib chiqishga aniq va’da bera olmayman. Shuni va’da beramanki, bu yo‘lda bor bilim va salohiyatimni ishga solaman.

Sizning qo‘lingizdan nimalar kelishini Osiyo kubogida ko‘rdik va o‘ylab ham qoldik, balkim Babayan bo‘lganida nisbatan yaxshiroq ishtirok etarmidik...

Bunday ishtirokdan so‘ng terma jamoamizning jahon chempionatiga chiqishi katta so‘roq ostida qolgani shubhasiz. Agar terma jamoamiz Kuper boshqaruvida qolsa va saralashda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, Kuper pinagini ham buzmaydi. Chunki, u bizni 2018 yilning 6 avgustidayoq bu haqda ogohlantirgan.

7251548085596.jpg

XULOSA

Kuper avval boshida ko‘pchilik mutaxassislar aytganidek bizga mos murabbiy bo‘lib chiqmadi. Uning futbolga nisbatan qarashlari xuddi yoshi kabi ancha eskirib qolgan. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bu davrda futbol ham kundan-kunga o‘zgarib bormoqda. Bizga esa zamonaviy fikrlaydigan, futbolimizga yangilik olib kiradigan mutaxassis kerak.

Bu erda futbol assotsiatsiyasini ham ayblamoqchi emasmiz. Shunchaki barchasini o‘zgartirish uchun hali ham kech emasligini aytmoqchimiz xolos. Futbol – muxlislar uchun. Muxlislar esa doimo o‘z terma jamoasidan yuqori natijalarni kutishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мурадбой
23/01/2019 09:31
Шу маколани езган одам! узинг кутар кулингни. Сени савиянг шу маколенгдан куриниб турибди. Сенга савол ким термада ишлаш кк
Durbek Hakimov
22/01/2019 22:24
Terma jamoada murabbiy qo'li ko'rindi. Qachondan beri osiyo grandlarini yutib yurganmizki, noz qilishga.. klublar ochlda guruhdan chiqmasa. Bizga juda mos murabbiy
&
darwesh
22/01/2019 22:14
Бу маколага умуман кушилмайман. Купер жуда сифатли мураббий. Уйин борасида анча прогресс бор. Биринчи марта уйинчиларимиз ким нима ва каерда уйнашини билиб уйнади.
&
Лео Месси
22/01/2019 22:19
Бизникилар аввал бундан анча сифатли ўйнашган...(Бабаян даврини ҳисобга олмаганда)
&
Oybek
22/01/2019 23:37
пеналти вариантини аввалдан кўриб чиқиб тайёрланишмаганмикан пеналтига австралиядан кўра кўпроқ биза умид қилишимиз керак эди манимча наҳотки машарипов пеналти тепишдан қўрқса?
telefon sozlash ремонт сотовых телефон
22/01/2019 22:15
Balki o‘yinchilarni almashtirish kerakdir. Tug‘ma fudbolchilar qishloqlarda tosh tepib yuribdi. Yaxshilab izlash kerak
&
Бунинг учун Куперга ўхшаган мураббийлар ўша қишлоқларга бориши керак...афсуски улар бундай қилишмайди..улар тезроқ соққани қилиб қочишади.
&
Yahshilab izlash shartmas uzlari kelishadi harajatlarni eshitib qaytib ketishadi. Hamma biladiyu buni.
&
darwesh
22/01/2019 22:15
Купер албатта колиши керак
&
Temur Umarxo'ja
23/01/2019 17:18
Iya bular zoru a salkam 4 yil Babayanga g'ing diyolmagan 6 oyda Kupperga sakiriapdimi???...
Kamiga babayandi maqtabxam qoyadi sergeev lobanov andreevlar babayandi bolasi desag jurnalist bollariam borakanu babayandi
&
23/01/2019 17:30
xa xa xa
100% qo'shilaman
&
user
23/01/2019 13:15
Купер супер емас аммо аввалги лардан яхши
&
user
23/01/2019 10:55
V.Abramov davrini hisobga olmasa bizning termani o'yin dabdala edi to'g'risi ko'pchilik saviasiz jurnalist, sharxlovchilarning og'iz ko'pirtirib gapirishi g'ashimga tegadi biz zo'r o'ynadik, biz raqibga imkon bermadik...,
yana bizga faqat omad yetishmadi ham dep qoyishardi yutqazsak.
bu bolmagan gaplar hammasi,
avvallari hujumga ko'p o'tardik(agar buni hujum deb atab bo'lsa) to'pni unga bunga orqaga uzatib na zarba bilan tugardi na yorib kira olardik faqat vaqt o'tkardik, yana pastlardagi aniqlik dabdala edi. hozir ancha o'yinga ma'no qo'shilgan. o'sha o'g'iz ko'pirtiruvchi lar Yaponiya bn oyinda biz yaxshi o'ynadik deyishi turgan gap. vaxolangki 18.01.19 kungi o'yinda yaponlar o'yinni nazorat qildi va yutdi.
lekin Australiya bn oyinda zo'r oynadik Aus. ning treneri ham bizdan bunaqa o'yin kutmovdi ular bizdan yaponiya bn oyindagi oyinni kutgandi va shogirtlarini qarshi hujumlarga tayyorladi, Kuperni ayyorligiga qarang yaponiya bn chalg'ituvchi taktika qilib australiyani dovdiratib qo'ydi va australiyaga qarshi hujum taktikasini qo'ydi.
lekin shu o'yinda 2 ta hujumchi Shomurodov o'ng, Rashidov chap da o'ynasa zo'r bo'lardi manimcha qolganla 2 qator italyancha himoya
bunda australiyani 90 min da yutish mumkin edi menimcha, 1 ta hujumchi yolg'iz hech nima qila olmadi
&
Мурадбой
23/01/2019 09:25
Гап деб нимани буса езоврорканда, 1. кишлокда туп тепгани термани боласи дегани эмас, узини курсата олмагани учун кишлокда туп тепиб юрибди. 2. Биз осиеда кучли 4 лика кучимиз етмиди, колганини бабаян хам ютади. 4 ликни ютиш учун хусусий футбол мактаблари очиш кк голяндия, бразилия мисолида, Купер узбек футболини борини курсатяпти холос, бундан ортигини жинни кутади. Сенларни гапинга кириб куперни хам хайдасак ким бошкаради, сенларга ухшаган игвогар , коррупцинер, бабаяновский ларга колади кунимиз
&
Sash
22/01/2019 22:33
Murabbiyga quyilgan talab jch ga chiqish minimal bulish kerak. Uyinchilar ham shunga qarab harakat qilishga urganib qolishgan. Maqsad kattoroq bulish kerak. Fransiyani uyinchilarini 3 ta oyogi bormi yoki 2 ta boshi bormi. Ularni bizni uyinchilardan farqi otasini puli orqali tup tepishni urganishgan bulmasa kerak. (Bu hamma uyinchilaga taluqli emas.)
&
Лео Месси
22/01/2019 22:43
Фикризга қўшиламан. У терма жамоаларда "коррупция" деган бало йўқ...
&
King of World
23/01/2019 12:52
Купер Супер эмиш ))))????????????????????????
&
King of World
23/01/2019 12:45
Купер нимадир ўзгариш олиб кира олди? Ҳа, сўнгги ўйинда бу кўрингандек.
Мен ким бошқариши, ким ўйнаши кераклиги ҳақида гапирмоқчи эмасман.

Янги келадими эски ўйнайдими фарқи йўқ. Охиригача зўр ўйнади,назоратда устунлик қилди ва ҳ.к. гаплар эскирди.

Агар зўр ўйнаган бўлганда ютарди. Го ур тамом бассалом. Футболда бошқа ҳар қандай гап ортиқча. Бутунлай ҳимояга ётиб ўйнамайсанми. Ют кк эди бўлди!
Кореяни 1994 йилда ютганмиз. Ўтган асрдааа! Японияни 10 йилча бир марта ютганмиз холос. Ўшанда гол урган футболчи ҳам оламдан ўтиб кетди кўп ўтмай.

Корея, Япония ва Австралияни юта олмаётган эканмиз, ўзгариш бўлаётганию, ўсиш бўляпти деб бонг уришдан фойда йўқ.
&
23/01/2019 13:24
kecha Uzb yutqazdi lekin ko'pchilikni
Uzb termasidan avvalgidek hafsalasi pir bo'madi yaxshi o'ynadi, yutqazdi. odamlar o'yinni ko'rdi xech kimni ayblamadi. bi mag'lubiyat bo'lsa ham odamlar Uzb termasiga ishonchi ortdi, ertadan ko'ngli to'ldi endi Australiyaniyam yutishi mumkinligini ko'rdi
&
King of World
25/01/2019 21:52
faqat yutish kk edi. Oldin ham yutsa bo‘lardi. Umuman har doim yutsa bo‘ladi Osiyodagi terma jamoalarni
&
user
23/01/2019 10:26
bu maqolani yozgan odam o'zi futbolni tushunadimi???!!!
Kuper kelgandan keyin futbolchilarning o'yini ancha o'sgan ayniqsa Australiyaga qarshi o'yin eng yaxshi o'yin bo'ldi
o'yinda ma'no bor nima qilayotganini biladi. hujum qilyaptimi haqiqiy hujum, himoyami himoya, endi to'g'ri men ham bir ikki o'zgarish qilsa yaxshi bo'ladi deb o'ylagan edim lekin umuman olganda kuper malades
&
Yahyobek
23/01/2019 07:04
Менимча хамма муаммо футболчиларда, терма жамоада энг ёмон ўйинчи Машариповдек бўлиши керак.Қишлоқлардаги камбағал лекин туғма талантларни излаб топиб хомийлик қилишса.Ўзбекистон жаҳон чемпиони бўлади керак бўлса.Аммо излашмайди.Масул шахсларга Ўзбекистонни ютуғи эмас пул керак бой акадан соққани олишадида ярамас ўғлидан футбалист яратишга уринишади.Хуллас ўзбек футболи ривожланиши учун мураббийни эмас, ўзбеклар ўз нафсини ўзгартириши керак.
Odilbek Atahanov
23/01/2019 06:30
Oldinlari yutsak ham uyin bush utkazgan holda yutkazgandik hozir undaymas qanaqadir futbolchilarda uziga ishonch ortib bormoqda.
&
Oybek
22/01/2019 23:37
пеналти вариантини аввалдан кўриб чиқиб тайёрланишмаганмикан пеналтига австралиядан кўра кўпроқ биза умид қилишимиз керак эди манимча наҳотки машарипов пеналти тепишдан қўрқса?
&
Elyorbek
23/01/2019 21:24
Kuper oldindagi ozbek yordamchi echki murabilarga ishoma ular murabi sozga noloyiq fora xorlar ular ozbek fudbol qurtlari yoqntsh ular shaxsi manfatni oyledi ularga ozbek yutami yutmedmi qzgi yo ular puldi olshsax boldi ularga ozbegston shani ori gururi qzgmas ularda gurur yo pulga sotkan osha bolar osha oyin ey taktikani ozgartir xujmkor oyn oynat bizi bolar tolka xjmkor oynaydku eng kushli xmoya xujmku men korgan narsani sen qanday kormayapsan nega marat qariyani ornga sardordi qoymadin sardordaqa oynaydigon bola yoxku ey marati oyogiga top tegmadku nechaxmarta oynagan bolsa maratlargamas kota musobaqalarda oynash kopku kushli oynaydgon bolar top topip oynatish seni vazifenku ey sardorsiz oyin ozbekni 30 foyiz oyni yo degani men korgan blgandi sen blmasen naxuy keragin bor bizga ey
&
Elyorbek
23/01/2019 21:13
Ey kuper seni aftartetin yoki savlatin kerakmas nega xujmkor oyn qmadin bizi bolar xujmkor oynaydiku nega sardordi qoymadin kuper maratlar top tepolmagan tepolmaydi marat islom yana bita ektasi bor ulardi qoyishmagn 11metrdan urolmagan fidbalis fudbolchmasku yoshbolayam ulardan qatiq tepadi nestrf 1tani tosip berdku ey xamasi ursa biz yutkan edik
&
user
23/01/2019 13:18
кани енди УФА молиявий бакувват болса Клопп, Гуардиола йо Венгер
келса Узб ни осиёда хакикий гранд килади
Oldingi fikrlarni ko'rsatish