"Qo‘qon-1912" Toshkentda yig‘in o‘tkazadi

"Hokim kubogi-2019"ni qo‘lga kiritgan jamoa a’zolari endigi yig‘inni Toshkent shahrida o‘tkazishadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

No‘’mon Hasanov shogirdlari 12 yanvar kunidan boshlab yana mashg‘ulotlarni boshlab yuborishadi.
Toshkentdagi yig‘in davomida bir nechta nazorat uchrashuvilari o‘tkazish orqali murabbiylar shtabi futbolchilarni yana bir bor sinovdan o‘tkazib olishadi.

Toshkent yig‘ini kelayotgan mavsumda "Qo‘qon-1912" jamoasi sharafini qaysi fubolchilar himoya qilishiga aniqlik kiritib beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
10/02/2019 17:55
Қўқонни бу йил шашти тушиб кетдими дейман. ҳамма хорижга кетди йиғин ўтказишга. қўқонликлар ҳоким кубогида юрипти