“Qo‘qon-1912” endi bor e’tiborini Superligada jon saqlab qolishga qaratadi...mi?
O‘zbek futbolining beshigi hisoblangan Qo‘qonda futbolni qanchalik ardoqlashlarini yaxshi bilamiz. Shu bois Superligada ishtirok etayotgan “Qo‘qon-1912” jamoasining ham muxlislik auditoriyasini ancha salmoqli deyishimiz mumkin. E’tibor bersak, Qo‘qonda kechadigan har bir uchrashuv raqib jamoa uchun bir muncha qiyinroq o‘tadi. Chunki u erda muxlislarning ham o‘ziga yarasha bosimi bo‘lishi shubhasiz. Albatta, shunga yarasha “Qo‘qon-1912” ham imkon qadar o‘z ishqibozlarini xursand qilishga harakat qilyapti. Ammo doim ham siz o‘ylagan narsa bo‘lavermaydi. Qo‘qonliklar O‘zbekiston Kubogi yarim finaligacha etib borishgani ham e’tiborga molik. Ammo hal qiluvchi pallada No‘’mon Hasanov boshchiligidagi jamoa o‘z uyida “Paxtakor”ga qarshilik ko‘rsatishga qiynalishdi. Natijada 2:5 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib olishdi. Shu tariqa “Qo‘qon-1912” Kubok bahslaridan ham chiqib ketdi. Endi ular asosan quyi oltilikda Superligada jon saqlab qolish uchun kurashni davom ettiradilar. Xo‘sh, “Paxtakor”ga boy berilgan yirik hisobdagi mag‘lubiyat jamoa a’zolarining ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatmaydimi? Bu haqda jamoa bosh murabbiyi No‘’mon Hasanov SPORTS.uz muhbiriga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Qo‘qonliklar ustozi bilan uyushtirilgan suhbatni tez orada saytimiz orqali o‘qishingiz mumkin. Bizdan uzoqlashmang!

Fikrlar