Qozog‘istondagi kikboksing bo‘yicha turnirdan sportchilarimiz medallar bilan qaytdi

24-29 oktyabr kunlari Qozog‘istonning Taraz shahrida kikboksing bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida 19-xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirok etgan sportchilarimiz bittadan oltin, kumush va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Qobiljon Rahimov turnirning oltin medaliga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Vorishon Azizxo‘jaev kumush va Normuhammad Rahmonberdiev bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!