Quloqsiz 20 yil yoxud boks olamining eng g‘alvali jangi (foto va video)
Bundan roppa-rosa 20 yil muqaddam, 1997 yil 28 iyunida og‘ir vazn toifasining WBA versiyasi bo‘yicha chempionlik jangi bo‘lib o‘tgan edi. Bu jangning tarixi haqida eshitmagan birorta odam bo‘lmasa kerak.
Jangjal o‘shanda hech kimni befarq qoldirmagan. Voqea o‘sha davrda boks olamining ko‘zga ko‘ringan ikki vakili Mayk Tayson va Evander Xolifild o‘rtasida kechgan.

Oldiniga uchinchi so‘nggida afsonaviy Mayk Evander Xolifildning o‘ng qulog‘i atrofini tishlab oladi. Shundan so‘ng Xolifild og‘riqdan qichqira boshlaydi. Bu orada esa referi ham, muxlislar ham nima bo‘lganini tushunishmaydi. Qisqa tanaffusdan so‘ng jang davom ettiriladi. Ammo ko‘p o‘tmasdan Tayson endi raqibining chap qulog‘iga hujum qiladi.

Uchinchi va to‘rtinchi raund orasida janjal yuzaga kelib, bunga politsiya va xavfsizlik xodimlarining aralashishiga to‘g‘ri keladi. Jang yakuniga ko‘ra, Mayk Tayson diskvalifikatsiya qilinib, Xolifild g‘olib deb e’lon qilinadi.
Keyinroq, Taysondan bu haqda so‘ralganda, u his-tuyg‘ularini boshqara olmagani bilan javob qaytargan bo‘lsa, raqibi Evander bu harakatini Taysonning jangni ertaroq nokaut bilan tugatishga shoshilgani va qiziqqonlik qilgani bilan izohlaydi.

Jangdan bir hafta o‘tib, ikki “qahramon” Nyu-Yorkdagi basketbol o‘yinlarining birida liftda uchrashib qolishadi. Barcha yana janjal bo‘ladi deb o‘ylagan bir vaqtda ular do‘stona ko‘rishib, hol-ahvol so‘rashadi.
Tayson: “Ey, hammasi joyidami?”, deb so‘raydi. Xolifild boshini qimirlatib, uni ma’qullaydi. Shundan so‘ng Mayk kechirim so‘raydi, Evander esa uni qabul qiladi.

Fikrlar