
Rafinya "Barselona"dan ketishni rejalashtirmoqda
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Rafinya Alkantaraning otasi va agenti uning boshqa jamoaga o‘tishni rejalashtirayotgani haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda Football Espana nashri xabar tarqatmoqda.
“Rafinya hozirgi holatdan u qadar mamnun emas. Biz ham uning asosiy tarkibda ko‘proq maydonga tushishini xohlaymiz. Dastlab u doimiy ravishda asosiy tarkibda maydonga tushiriladi, keyinchalik esa kutilmaganda tarkibdan tushib qoladi. Bu normal holat emas.
Shu sababli biz boshqa jamoaga o‘tish variantlarini ko‘rib chiqyapmiz. Rafinya ham imkon qadar ko‘proq asosiy tarkibda o‘ynamoqchi. Unga esa bunday imkoniyatni va’da qilayotgan klublar ham bor”, - deydi braziliyalik futbolchining otasi.
Ma’lumot uchun, Rafinya “Barselona” safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum bor yo‘g‘i 4ta o‘yinda ishtirok etdi xolos.
Fikrlar