Raqiblarning barchasi etti yoshli Humoyunga tan berdi

CHERY AUTO

Ruminiyaning Yassi shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatila 7-tur uchrashuvlari yakunlandi. Ushbu musobaqada 40 dan ortiq davlatning maktab o‘quvchilari qatnashmoqda. Mamlakatimiz sharafini besh nafar o‘quvchi himoya qilayotir.

Tecno

7-tur natijalariga ko‘ra, 7 yoshli o‘g‘il bolalar bahsida Humoyun Bekmurodov barcha partiyani o‘z foydasiga hal qildi. U bugungi uchrashuvda rossiyalik Lev Zverevni engib, birinchilikni saqlab qoldi.

9 yoshli yurtdoshimiz Alixon Avazxonov turkmanistonlik Yusuf Sagan bilan durang natijaga erishib, 5 ochkoga ega bo‘ldi.

Ukrainalik Dmitro Gayunni qiyin vaziyatda qoldirgan Nodirbek Yoqubboev esa 15 yoshlilar orasida etakchilikni yana o‘z qo‘liga oldi.

Eng quvonarlisi, ushbu musobaqada shaxmatga ishtiyoqi baland bo‘lgan qizlarimiz ham muvaffaqiyatli qatnashmoqda. 7-tur natijariga ko‘ra, Afruza Hamdamova va Odina Olimova 5,5 tadan ochko jamg‘ardi.

Yurtimiz sharafini ko‘tarishga bel bog‘lagan yosh sport ustalarimizga qolgan ikki turda ham ulkan omadlar tilab qolamiz.

                      Iroda Avvalboeva tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!