Rasman! "Atletiko" futbolchisi faoliyatini rus klubida davom ettiradigan bo‘ldi (foto)
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi "Atletiko" yarim himoyachisi Matias Kranevitterning transferini e’lon qildi. Unga ko‘ra argentinalik futbolchi piterliklar bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.
Qayd etish lozimki Kranevitter "Zenit"ning ushbu yozgi transferlar davrida sotib olgan 4-argentinalik futbolchisi bo‘ldi. Ungacha Leandro Paredes, Sebastyan Driussi va Emanuel Mammanular ham "Zenit" bilan shartnoma imzolashgan edi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumni "Sevilya" safida ijara asosida o‘tkazgan Kranevitter La Liganing jami 21ta uchrashuvida ishtirok etgan. U shuningdek Argentina terma jamoasi tarkibida ham 8ta uchrashuvda maydonga tushishga erishgan.


Fikrlar