Rasman! "Ayntraxt" Serbiya terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 21.08.2018 09:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frankfurtning "Ayntraxt" klubi o‘z rasmiy saytida "Gamburg" yarim himoyachisi Filip Kostichni tarkibga qo‘shib olgani haqida e’lon qildi.

Unga ko‘ra “Ayntraxt” 25 yoshli serbiyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan 2 yilga ijaraga olgan.

Ma’lumot uchun, Kostich “Gamburg” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr ichida jami 65ta o‘yinda maydonga tushib, 9ta golga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!