Rasman: Floyd Meyvezer ringga qaytadi
Besh vazn toifasining sobiq jahon chempioni amerikalik Floyd Meyvezer rasman boksga qaytishi ma’lum qildi, biroq u so‘nggi vaqtlarda OAV ko‘p marta yoritalayotgan Konor MakGregor bilan urushish uchun ringga qaytishni rejalashtirgan.
Bu bilan Floyd Konorga shartnomaga imzo chekishni va jang vaqtini belgilashga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, 39 yoshli Meyvezer 2015 yil sentyabrida faoliyatini yakunlagan edi. Amerikalik bokschi professional ringda 49 jang (26 nokaut) o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Meyvezer uzoq yillar davomida turli vazn toifalaridan tashqari The Ring jurnalining P4P reytingida etakchilik qilib keldi.
28 yoshli MakGregor esa UFC tarixida ikki vaznda chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan ilk jangchi hisoblanadi.

Fikrlar