Rasman! Lomachenkoning keyingi raqibi ma’lum bo‘ldi
Ikkinchi yarim engil vazn toifasining WBO chempionlik kamari sohibi Vasiliy Lomachenko WBA chempioni 32 yoshli Xorxe Linares bilan jang borasida kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra, mazkur to‘qnashuv 12 may kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi.
– Rasman shartnoma imzolandi. 12 may kuni Nyu-Yorkda 20 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan “Madison Square Garden” arenasida ukrainalik Vasiliy Lomachenko engil vaznda (-61,2 kg) debyut jangini o‘tkazadi. Unga WBA versiyasi bo‘yicha jahon chempioni kolumbiyalik Xorxe Linares raqiblik qiladi, – deb yozadi ukrainalik bokschi feysbukdagi rasmiy sahifasida.

Fikrlar