Rasman! Xese yana Ispaniyaga qaytdi
Ispaniyaning "Betis" klubi PSJ vingeri Xeseni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 25 yoshli ispaniyalik futbolchi sevilyaliklar safida mavsum yakuniga qadar ijara asosida to‘p suradi. Qayd etish lozimki, Xeseni "Betis"da shaxsan jamoa bosh murabbiyi Kike Seten ko‘rishni xohlamoqda. Boisi, Xese "Las Palmas"da aynan mana shu murabbiy qo‘l ostida to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, parijliklar Xeseni 2016 yil “Real”dan 25 mln evroga sotib olgan edi. U joriy mavsum PSJ safida bor yo‘g‘i 1ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar