Ravshan Ro‘ziqulov: Vatanimizga oltin medallar bilan qaytamiz

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, 1-6 avgust kunlari Finlyandiyaning Tampere shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bahslari o‘tkaziladi. Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining 13 nafar a’zosi ham ishtirok etishi borasida avval xabar berib o‘tgan edik. Shu munosabat bilan SPORTS.uz internet axborot portali terma jamoa murabbiyi Ravshan Ro‘ziqulov bilan bog‘lanib, jamoaning musobaqa oldidan maqsadlari va tayyorgarlik jarayoni bilan qiziqdi.

– Ayni paytda o‘z oldimizga musobaqada yaxshi natijalar ko‘rsatishni maqsad qilib qo‘yganmiz. Xudo xohlasa, vatanimizga oltin medallar shodasi bilan qaytamiz degan umiddaman. Tayyorgarlik jarayoniga keladigan bo‘lsam, barchasi yaxshi o‘tdi. So‘nggi o‘quv mashg‘ulot yig‘inlarini “Dinamo” sport majmuasida o‘tkazdik. Ayni paytda shug‘ullanishimiz uchun barcha shart sharoitlar mavjud. Yigitlar ham o‘zlarini yaxshi his qilishmoqda.

Qayd etish lozim, sportchilarimiz ertaga kechki reys bilan Finlandiyaga jo‘nab ketishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!