
"Real" A Seriya to‘purarlaridan birini sotib olmoqchi
Madridning "Real" klubi joriy qishki transferlar davrida "Jenoa" forvardi Kshishtof Pentekni sotib olishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda “qirollik klubi” skautlari "Jenoa" hamda "Vyurtsburger Kikkers" klublari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinida 23 yoshli polshalik futbolchining harakatlarini kuzatib borishgan. Ayrim manbaalarga ko‘ra “Real” Pentek uchun genuyaliklarga 30 mln evro taklif qilmoqchi.
Ma’lumot uchun, Pentek joriy mavsum A Seriyada 19ta o‘yinda maydonga tushib, 13ta gol urishga erishdi. U musobaqa to‘purarlaridan biri hisoblanadi.
Fikrlar