“Real” Beylni 170 mln evroga sotmadi

  • 16 iyul, 2018, 22:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi o‘zining uelslik vingeri Garet Beyl borasida yuborilgan 170 mln evrolik taklifni rad etdi.

Tecno

Xabarlarga qaraganda 29 yoshli futbolchini "Manchester Yunayted" klubi o‘z safida ko‘rishni xohlagan. Biroq, mankuanliklarning 170 million evrolik taklifi “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres tomonidan rad etilgan.

Ma’lumot uchun, Beyl o‘tgan mavsum “Real” safida jami 38ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 21ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!