
"Real" Iskoni Azarga almashtirishi mumkin
“Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azar faoliyatini “Real”da davom ettirishi mumkin. El Gol Digital nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Madrid klubi rahbariyati belgiyalik futbolchini Iskoga almashtirmoqchi.
Bu mavsum Azar APLda 15 o‘yinda 8 gol va 9 golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfer narxi 150 million evroga baholanmoqda.
Isko hisobida esa La Ligada 9 o‘yinda 1 gol va 2 golli uzatma mavjud. Uning Transfermarkt’dagi narxi 90 millionga baholanmoqda.
Fikrlar