
"Real" Modrichga munosib o‘rinbosar topib qo‘ydi
Madridning "Real" klubi "Ayaks" xavbki Frenki de Yongning o‘yinlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Sport.es tarqatgan xabarga qaraganda “qirollik klubi” 21 yoshli gollandiyalik futbolchini tez orada jamoadan ketishi kutilayotgan Luka Modrichga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda. Ta’kidlash lozimki, de Yong uchun kurashda “Real”ning asosiy raqobatchisi hisoblangan “Barselona” ham kurash olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Modrichga Milanning "Inter" klubidan jiddiy takliflar bo‘lmoqda.
Fikrlar