"Real" hujumchisi mavsumni "Betis"da yakunlashi mumkin

  • 26.01.2019 11:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi forvardi Mariano Dias tez orada jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “Betis” 25 yoshli futbolchini mavsum yakuniga qadar ijaraga olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, “qirollik klubi” Diasni yozda 21,5 mln evro evaziga “Lion”dan sotib olgan edi. U joriy mavsum madridliklar safida bor yo‘g‘i 5ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!