"Real" muxlislari uchun xushxabar: Marselo El-Klasikoda maydonga tusha oladi

  • 25.10.2018 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi himoyachisi Marselo La Liganing bo‘lajak – 10-turida “Barselona”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan  El-Klasikoda ishtirok eta oladi.

El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli braziliyalik futbolchining kuni kecha Chempionlar ligasi doirasida “Viktoriya”ga qarshi bahsda olgan jarohati u qadar jiddiy bo‘lib chiqmadi.  Shu bois u “Kamp Nou”dagi o‘yinda maydonga tusha oladi.

Ma’lumot uchun, Marselo joriy mavsum “Real” safida jami 9ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!