
“Real” nima sababdan Neapoldagi javob bahsida ehtiyot bo‘lishi kerak?
Madridning “Real” klubi EChL 1/8 finalida “Napoli”ga qarshi bahs olib borishi to‘g‘risida barchamiz yaxshi bilamiz. Madridda kechgan ilk to‘qnashuvda mezbonlar Italiyadan tashrif buyurgan futbolchilarning ustidan 3–1 hisobida g‘alaba qozonganidan ham yaxshi xabardorsiz. Garchi dastlabki o‘yinda “Real” ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritgan bo‘lsada, “qirollik klubi” tarixda bir necha bor shunday hisobda yutib turib, yakunda turnirdagi yurishini yakunlashga majbur bo‘lgan ekan. Quyida shular to‘g‘risida to‘htalamiz.
- Ular bir vaqtlar EChLda o‘ynashar edi…
- “Manchester Yunayted” gvardiyachilari
- “Arsenal”ning qimmatbaho sotuvlari
Umuman, “Real” evrokuboklar pley-offida 8 bor dastlabki o‘yinni aynan 3–1 hisobida o‘z foydasiga xal etgan.
EChK-1956/57. Yarim final
“Real” 3–1 “MYu”
“MYu” 2–2 “Real”
EChKning ilk mavsumida “Real” Mett Basbi boshchiligidagi afsonaviy “MYu” bilan kurash olib boradi. Di Stefanoning gollari sabab dastlabki o‘yinni o‘z foydasiga xal etgan “Real” javob bahsida jangovar durang qayd etadi va finalga yo‘l oladi.
EChK-1959/60. Yarim final
“Real” 3–1 “Barselona”
“Barselona” 1–3 “Real”
Dastlabki bahsda Di Stefona xamda Pushkashlarning gollari evaziga g‘alaba qozongan “qirollik klubi” javob bahsida ham xuddi shu hisobda zafar quchadi. Ammo finalda “Ayntraxt”ga 7–3 hisobida imkoniyat boy berilgan edi o‘sha mavsum.
UEFA kubogi-1971/72. Ikkinchi bosqich
“Real” 3–1 “PSV”
“PSV” 2–0 “Real”
Aynan shundan so‘ng “Real” 3–1 hisobida zafar quchgan o‘yinlarda omad yuz o‘gira boshlaydi. Nufuzi jihatdan biroz quyi o‘rinda turuvchi turnirda ishtirok etishga majbur bo‘lgan “Real” dastlabki o‘yindagi g‘alabadan havolanib ketdi shekilli, javob bahsida eyndxovenliklarga imkoniyat boy beriladi.
EChK-1979/80. Ikkinchi bosqich
“Real” 3–1 “Grassxoppers”
“Grassxoppers” 2–0 “Real”
“Grassxoppers” tarkibida to‘p surgan Klaudio Sulser Shveytsariyadagi bahsda “dubl” qayd etadi va qarabsizki, “Real out”!
UEFA kubogi-1981/82. Chorak final
“Real” 3–1 “Kayzerslautern”
“Kayzerslautern” 5-0 “Real”
“Real”ning Germaniyaga uyushtirgan mazkur safari evrokuboklardagi eng yirik ikki mag‘lubiyatidan biri sifatida tarixda qoladi. To‘g‘ri, mazkur o‘yin EChK doirasida emas edi…
KEK-1982/83. Ikkinchi bosqich
“Real” 3–1 “Uypesht”
“Uypesht” 0–1 “Real”
Kubok egalari kubogi turniri ikkinchi bosqichida “Real” Vengriya kubogining amaldagi sohibi – “Uypesht” bilan bahs olib boradi. “Santyago Bernabeu”dagi g‘alabadan so‘ng, Budapeshtda o‘tgan javob bahsida Karlos Santilyana tomonidan kiritilgan yagona gol amalda barcha narsani xal etgan.
UEFA kubogi-1992/93. Chorak final
“Real” 3–1 “Pari Sen-Jermen”
“Pari Sen-Jermen” 4–1 “Real”
Dastlabki o‘yindagi ustunlikdan so‘ng “Park de Prens”da David Jinola mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Ivan Samorano hisobni qisqartirishga erishadi. Ammo Kombuare tomonidan kiritilgan gol parijliklarni yarim final sari etaklagan edi.
EChL-2002/03. Chorak final
“Real” 3–1 “Manchester Yunayted”
“Manchester Yunayted” 4–3 “Real”
“Old Trafford”dagi bahs juda ham qiziqarli kechgani bilan qolgan o‘yinlardan ajralib turadi. Ammo shunday bo‘lsada, yakunda yarim final yo‘llanmasiga madridlik futbolchilar ega chiqishadi.
- “Sautgempton” faqat mana shu tarkib bilan “MYu”ni yutishi mumkin edi
- Yo‘l harakatini buzuvchi futbolchilar
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar