"Real" rahbariyatiga Iskoning semirib ketgani yoqmayapti

  • 13.11.2018 21:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Iskodan norozi bo‘lmoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra “qirollik klubi” rahbariyati futbolchining ortiqcha vaznga ega bo‘lgani sabab o‘z imkoniyati darajasida o‘yin ko‘rsata olmayapti deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Isko bundan 1,5 oy muqaddam ko‘r ichak xastaligi bilan operatsiya qilingan edi. Uning safga qaytganiga esa bor yo‘g‘i 2 hafta bo‘ldi. Shu bois jamoaning yangi ustozi Santyago Solari o‘tgan davr mobaynida uni birorta ham o‘yinda asosiy tarkibda tushirmadi.

Ma’lumot uchun, Isko joriy mavsum “Real” safida jami 12ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!