
"Real" tarkibi yangi futbolchilarga muxtoj emas
Madridning “Real” klubi sobiq prezidenti Ramon Kalderon “qirollik klubi”ning tarkibi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
– O‘ylashimcha, ayni paytda “Real”da juda mustahkam tarkib jamlangan. Ushbu jamoaga hech qanday yangi futbolchi xard qilishning xojati yo‘q. Zaxira vakillari ham o‘zalirini yaxshi tomonlama namoyon etishmoqda. Ba’zi uchrashuvlarda boshlang‘ich tarkibdan bir yoki ikki nafar asosiy o‘yinchilar o‘rin olsada, jamoa baribir yaxshi o‘yin namoyish etmoqda. Shunday ekan, hozirda “Real” yangi nomlarga muxtoj emas, – deydi Kalderon Goal nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar