"Real" va "Barselona" futbolchilari hamkorlikda pul topadigan bo‘ldi
Ispaniya chempionatida ishaddiy raqib bo‘lgan "Real" va "Barselona" futbolchilari biznes sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, bu ikki grand klubning nomi maxfiy tutilayotgan futbolchilari o‘zaro hamkorlikda ko‘chmas mulk bozoriga kirib bormoqda.
Yangi biznes-rejani amalga oshirish uchun futbolchilarga ikki yil vaqt kerak bo‘ladi. Ushbu loyihada qatnashmoqchi bo‘lgan har ikki klub futbolchilari umumiy ish uchun 500 ming evrodan pul tikishi kerak bo‘ladi.

Ayni paytda ko‘chmas mulk sohasida asosiy biznesmen Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. Portugaliyalik futbolchi mehmonxona biznesini rivojlantirishga alohida urg‘u beradi.

Fikrlar