Rivaldo: Agar "Real" bugun ham "Barsa"ga yutqazsa, Solari ishdan ketishi mumkin

  • 02.03.2019 17:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi afsonalaridan biri Rivaldoning so‘zlariga ko‘ra "Real" bugungi “El Klasiko”da ham mag‘lub bo‘lsa murabbiysiz qolishi mumkin.

Tecno

“Bugun Solari uchun juda muhim o‘yin. Chunki, agar “Real” bugun ham Santyago Bernabeu”da yutqazsa, ikkinchi musobaqada ham kataloniyaliklarga engilgan bo‘ladi. Qolaversa, so‘nggi 3 kun ichida “Barselona”dan ikkinchi marta mag‘lub bo‘lish “Real” rahbariyatini keskin choralar ko‘rishga majbur qilishi mumkin.

Agar shunday bo‘lsa hamma Joze Mourinoni eslaydi. Hozir uning Madridga qaytishi haqiqatga juda yaqin”, - deydi braziliyalik sobiq futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” 27 fevral kuni Madridda Ispaniya kubogi yarim final javob bahsi doirasida “Barselona”ga 3:0 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Mourino esa “Real”ni 2010-2013 yillarda boshqargan va Ispaniya chempionligi, Ispaniya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!