Roberto Karlos "Sporting" klubida ish boshlashi mumkin

  • 18.08.2018 13:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi hamda Braziliya terma jamoasi afsonasi Roberto Karlos Lissabonning "Sporting" klubida sport direktori lavozimida ish boshlashi mumkin. 

Berilgan xabarlarga qaraganda 45 yoshli braziliyalik mutaxassis jamoa prezidentligiga nomzod bo‘lgan Ruya Xorxe Regoning asosiy rejalariga kiradi. Agar u yaqinda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqsa, Roberto Karlosni jamoaga olib keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!