"Roma" 35 yoshli De Rossiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

  • 21 noyabr, 2018, 20:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rimning "Roma" klubi o‘z etakchisi Daniele De Rossi bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra “bo‘rilar” 35 yoshli italiyalik futbolchiga 2020 yilga qadar shartnoma taklif qilishmoqchi. Aytish lozimki, De Rossining amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.

Ma’lumot uchun, De Rossi asli “Roma” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va klub safida 2001 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida u rimliklar safida jami 603ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 61ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!