"Roma" Dris Mertensga qiziqish bildira boshladi

  • 07.07.2018 19:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Napoli" klubi forvardi Dris Mertens "Roma"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra neapolliklar 31 yoshli belgiyalik futbolchi uchun “bo‘rilar”dan 40 mln evro talab qilishmoqda. O‘z navbatida “Roma” esa “Napoli”ga 35 mln to‘lashga tayyor.

Ma’lumot uchun, Mertenschning shartnomasiga ko‘ra uning tovon puli 28 mln evroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Dris Mertens ayni damda Belgiya terma jamoasi safida JCh-2018da muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!