
Ronaldu, Saloh yoki Modrich? Bugun Evropada yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlanadi
Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadigan marosimda o‘tgan mavsumda Evropaning eng yaxshilari aniqlanadi.
Jumladan Evropada yilning eng yaxshi futbolchisi Krishtianu Ronaldu, Lionel Messimi yoki Muhammad Salohmi degan savolga ham aynan bugun javob olamiz.
Luka Modrich ("Real" va Xorvatiya terma jamoasi)
EChL g‘olibi, JCh-2018 finalchisi, JCh-2018 ning eng yaxshi futbolchisi.
Muhammad Saloh ("Liverpul" va Misr terma jamoasi)
EChL finalchisi, "Liverpul"dagi ildk mavsumidayoq bir necha rekordlar o‘rnatgan.
Krishtianu Ronaldu ("Real"/"Yuventus" va Portugaliya terma jamoasi)
EChLni rekord bo‘lgan beshinchi marta yutdi, so‘nggi 6 yildan buyon EChL to‘purarligini hech kimga bermay keladi.
Bugun shuningdek yana quyidagi sovrinlar ham o‘z egasini topadi.
O‘tgan mavsum EChLdagi eng yaxshi darvozabon :Alisson ("Roma", nyne "Liverpul"), Djanluidji Buffon ("Yuventus", nyne "Pari Sen-Jermen"), Keylor Navas ("Real")
EChLda o‘tgan mavsumning eng yaxshi himoyachisi:Marselo ("Real"), Serxio Ramos ("Real"), Rafael Varan ("Real")
O‘tgan mavsum EChLning eng yaxshi yarim himoyachisi:Kevin de Breyne ("Manchester Siti"), Toni Kroos ("Real"), Luka Modrich ("Real")
EChLda o‘tgan mavsumning eng yaxshi hujumchisi:Lionel Messi ("Barselona"), Krishtianu Ronaldu ("Real", nyne Yuventus"), Moxamed Salax ("Liverpul")
Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi: Pernille Xarder, Ada Xegerberg, Amandin Anri
Evropa ligasining eng yaxshi futbolchisi: Diego Godin, Antuan Grizmann, Dimitri Payet
Fikrlar