
Ronaldu 2010 yildan buyon ilk bor bir yilda 50ta gol ura olmadi
Turinning “Yuventus” klubi forvardi Krishtianu Ronaldu joriy kalendar yilida 50ta gol urishni uddalay olmadi. U 2018 yil hisobida raqiblari darvozasiga jami 49ta gol kiritdi. Bu borada uning “Real”, “Yuventus” va Portugaliya terma jamoasi safida urgan gollari hisoblanadi.
B/R Football nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli futbolchi 2010 yildan buyon ilk bor bir yilda 50tadan kam gol urdi. Qayd etish lozimki Ronaldu 2011 yilda 60ta, 2012 yilda 63ta, 2013 yilda 69ta, 2014 yilda 61ta, 2015 yilda 57ta, 2016 yilda 55ta, 2017 yilda esa 53ta gol urgan.
Fikrlar