
Ronaldu: "Parma" xato qilishimizni kutdi
Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu kecha A Seriyaning 22-turi doirasida "Parma"ga (3:3) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bu futbol. Kiritgan gollarimdan xursandman, ammo natijadan ko‘nglim to‘lmadi. “Parma” bizning xato qilishimizni kutdi.
Hozir hamma “Yuve”ni kuzatmoqda. Chunki, bu eng zo‘r klub va hamma bizni o‘rganib, mag‘lub etishni xohlaydi. Eng muhimi bezovta bo‘lish kerak emas”, - deydi portugaliyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Massimiliano Allegri shogirdlari ayni damda 60 ochko bilan musobaqa jadvalida yakka peshqadamlik qilishmoqda.
Fikrlar