Ronalduning "Real"ni tark etish asosiy sababi ma’lum qilindi

  • 21 iyul, 2018, 15:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga prezidenti Xaver Tebasning so‘zlariga ko‘ra, "Real" sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatini bu davlatdagi soliq stavkalari sabab tark jetgan.

Tecno

33 yoshli portugaliyalik futbolchi 10 iyul kuni "Yuventus" a’zosiga aylangan. U jamoa bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.

- Italiyada Ispaniya bilan taqqoslaganda soliq stavka kamroq. Ronaldu ko‘proq ishlab oladi, - deya Tebasning so‘zlarini keltiradi Marca nashri. - Bizda buni foydali deb bo‘lmaydi. Agar soliqlarni hisobga oladigan bo‘lsak, Ispaniya - futbolchilar pul yo‘qotadigan eng yomon ligalardan biri. Biz bu muammoni o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Bu chempionatimizga salbiy ta’sir qiladi.

Ronaldu "Real" safida 2009-2018 yillarda to‘p surgan. Madrid klubi bilan u ikki marta Ispaniya chempioni va to‘rt marta EChL bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!