Ronalduning nima uchun Londondagi taqdirlash marosimiga bormaganligi sababi ma’lum bo‘ldi

  • 26 sentabr, 2018, 06:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri nima uchun Krishtianu Ronalduning Londonda bo‘lib o‘tgan FIFAning taqdirlash marosimiga bormaganligini izohlab o‘tdi.

Tecno

Afsuski, biz bu marosimga bora olmadik. Bunga o‘yinlar taqvimi xalaqit qildi. “Yuventus”ning “Bolonya”ga qarshi uchrashuvi juda yaqin edi. Aynan shu sabab biz Londonga bormaslikka qaror qildik.

– Messi meni eng yaxshi murabbiylar uchligiga qo‘shibdi? Men buni bilmagandim, ammo juda xursandman. Boshqa hech narsa deya olmayman. Kecha Dide Desham tengsiz deb topildi. U bunga munosib. Terma jamoa bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritdi, – deya Allegrining so‘zlarini keltiradi Marca nashri.

“Yuventus” va “Bolonya” o‘rtasidagi o‘yin 26 sentyabr kuni Turindagi “Alyants-Yuventus” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!