Rossiya yana g‘alaba qozondi

CHERY AUTO

Voleybol bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasidagi Millatlar ligasida 5-xafta bahslari boshlandi.

Tecno

Polshaning Valbjix shahrida o‘tgan Rossiya va Dominikan Respublikasi uchrashuvi 3-0 hisobida yakunlandi. O‘z parketida o‘ynagan Polsha esa Yaponiya terma jamoasini qiyinchilik bilan 3-2 hisobida engdi.

Italiya o‘z uyidi Tailanddan 3-0 hisobida ustun kelgan bo‘lsa, Braziliya va Belgiya terma jamoalari uchrashuvida 3-1 hisobida qayd etildi.

Shtutgart shahrida Germaniya termasi Xitoyga 2-3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Gollandiya esa Turkiyani 3-2 hisobida taslim qildi.

Bugun Argentina va Janubiy Koreya, Serbiya hamda AQSh terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi. Eslatib o‘tamiz ushbu o‘yinlarning barchasi Argentinaning Santa Fe shahrida o‘tadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!