Ruganining agenti uning "Yuventus"da qolishini aytdi

  • 9 avgust, 2018, 11:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" klubi himoyachisi Daniele Ruganining agenti David Torkiya mijozi yozgi transferlar davrida jamoadan ketmasligini aytdi.

Tecno

“Yuventus” katta mablag‘ evaziga ham Ruganini sotmoqchi emas. Daniele ham rahbariyatdan o‘zini transferga qo‘yishlarini so‘ramayapti. Agar yaxshi taklif bo‘lsa, u buni albatta ko‘rib chiqadi. Bu normal holat. Lekin, “Yuventus” hozircha uning transferi bo‘yicha kelgan barcha takliflarni rad etmoqda.

“Chelsi” Rugani uchun juda yaxshi taklif bildirdi, ammo “Yuventus” rozi bo‘lmadi. Umid qilamanki u yangi mavsumda maydonda ko‘proq harakat qiladi”, - deydi Torkiya.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Chelsi” 24 yoshli futbolchi uchun turinliklarga 40 million evro taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!