Rustam To‘laganovning Makgregorga qarshi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

  • 18.03.2018 15:25
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘tgan yilning oktyabr oyida professional faoliyatini boshlagan bokschimiz Rustam To‘laganov o‘zining ikkinchi professional jangini AQShning Chikago shahrida bo‘lib o‘tadi. Jang 2018 yil 14 aprel kuniga belgilangan.

6 raund qilib belgilangan mazkur jangda unga mezbon bokschi Martez Makgregor raqiblik qiladi. Bu bokschi shu vaqtgacha professional ringda 5 ta jang o‘tkazib, 4 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, To‘laganov birinchi professional jangida amerikalik Robert Gerroni ochkolar bo‘yicha mag‘lub qilgan edi.

> Rustam To‘laganov: "Uzbek Tigers" jamoasida jang qilishga qiziqmaganman

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!