Sabina mag‘lubiyatdan qutilib qoldi
Turkiyada ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda yurtimiz sharafini munosib himoya qilatgan Sabina Sharipova dastlabki uchrashuvda qiyin g‘alabaga erishdi.
Mukoft jamg‘armasi 50 ming AQSh dollari bo‘lgan musobaqada birinchi uchrashuvini mezbonlar vakilasi Berfu Chengizga qarshi o‘tkazgan hamyurtimiz uchun bahs omadsiz boshlandi.
Birinchi setda raqibasiga 3:6 hisobida yutqazgan Sabina ikkinchi setda vaziyatni o‘nglash uchun ancha ter to‘kdi. Keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan set 7:6 hisobida o‘zbekistonlik raketka ustasi foydasiga hal bo‘ldi. Uchinchi setda esa Sabina mezbon tennischidan 6:3 hisobida ustun keldi.
Fikrlar