Saloh va Misr futbol assotsiatsiyasi o‘rtasida mojaro kelib chiqdi

  • 27.08.2018 15:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Liverpul” klubi hujumchisi  Muhammad Saloh va Misr futbol assotsiatsiyasi o‘rtasida nizo kelib chiqdi.

Gap shundaki, 26 yoshli futbolchi mamlakat futboli rahbariyatidan o‘zining imij huquqini buzmasliklarini so‘rab xat yuborgan. Biroq, misrliklar o‘zlarining etakchi futbolchisi tomonidan yuborilgan xatni hamon javobsiz qoldirishmoqda.

“Tabiiyki har bir assotsiatsiya futbolchisi o‘zini xotirjam his qilishi uchun muammolarini hal qilishga harakat qiladi. Lekin bizda vaziyat umuman boshqacha. Men va agentim tomonidan yuborilgan xatlarni javobsiz qoldirish yaxshi holat emas. Nega bunaqa bo‘layotganiga o‘zim ham tushunmayapman. Bizga javob qaytarish uchun sizlarda vaqt yo‘qmi?”, - deydi Saloh o‘zining tvitterdagi sahifasida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!